Marketolog xorijga chiqishiga qoʻyilgan taqiqni bekor qilish uchun 5 yillik aliment pulini oldindan toʻladi
Andijonlik marketolog xotini qarshi boʻlsa ham 5 yillik aliment toʻlovi uchun oldindan 121,4 mln soʻm toʻladi.
Andijon viloyatida erkak sobiq xotini qarshi boʻlishiga qaramay farzandi uchun 5 yillik aliment pulini oldindan toʻlab berdi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, qoʻrgʻontepalik marketolog D.M. kasbi sabab malaka oshirish uchun yiliga 2-3 marotaba chet davlatlarga xizmat safariga borishiga toʻgʻri keladi. Biroq sud hujjatiga koʻra, u farzandiga aliment toʻlab borishi belgilangani sabab chetga chiqishi uchun taqiq oʻrnatilgan.
Bilamizki, aliment toʻlovlari davriy toʻlovlar sirasiga kirib, bola voyaga yetguniga qadar toʻlab boriladi. Bugungi kunda aliment toʻlovchi shaxslarning koʻpchiligi oldindan toʻlov tartibi haqida tushunchalarga ega. Shu bois, mamlakat hududidan chetga chiqish istagida boʻlgan yoki xorijga safarga otlanayotgan fuqarolar farzandlari taʼminoti uchun 5 yillik toʻlovlarni oldindan toʻlab qoʻymoqda, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, D.M. ham yaqin kunlarda xizmat safari bilan Batumiga borishni rejalashtirgani sababli 5 yillik aliment pullarini oldindan toʻlashini maʼlum qilgan. Ijro etish usulini oʻzgartirish uchun sudga berilgan ariza koʻrib chiqilish jarayonida undiruvchi I.Q. bundan norozi ekanligini bildirgan.
Shunga qaramay, sud ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, D.M.ga 5 yil uchun hisoblangan 121,4 mln soʻm pullarni 10 kun ichida toʻlab berishi boʻyicha ajrim chiqargan.
Shunday qilib, ota bolasi uchun 5 yillik aliment pullarini oldindan toʻlab berdi va unga qoʻyilgan cheklovlar bekor boʻldi, deya qoʻshimcha qiladi MIB matbuot kotibi.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi Termizda qarzdorning qariyb 11 mlrd soʻmlik mulki auksionga chiqarildi Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi Toshkentda 363 marta qoida buzgan Spark xatlovga olindi Fuqaroga uy olib berishini aytib, chuv tushirgan shaxsdan salkam 100 mln soʻm undirildi