23 Iyul 2024, 12:11 Oʻzbekiston

O‘zbekistonga pnevmatik to‘pponcha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

Toshkent xalqaro aeroportida pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi.

O‘zbekistonga pnevmatik to‘pponcha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

Toshkent xalqaro aeroportida fuqaro pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Toshkent-AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, 22-iyul kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona xodimlari tomonidan Vnukovo—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosiga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Bojxona nazoratiga tegishli tartibda taqdim etilmagan, muqobil manbalarga ko‘ra, taxminiy qiymati 700 ming so‘m bo‘lgan jami 1 dona KR-18 rusumli pnevmatik to‘pponcha va Angry BB’s nomli og‘irligi 1 kg bo‘lgan sharsimon shakldagi plastik o‘qlar borligi aniqlandi, deyiladi bojxona kompleksi axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Mashhur yangiliklar