22 Iyul 2024, 19:21 Oʻzbekiston

Sirdaryoda QR kodli chek so‘ragan bolani urgan sotuvchi qamaldi

Guliston shahrida QR kodli chek so‘ragan 12 yoshli bolaning yuziga tarsaki tushirgan sotuvchiga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sirdaryoda QR kodli chek so‘ragan bolani urgan sotuvchi qamaldi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida do‘kon sotuvchisi 12 yoshli bolaga QR-kodli chek so‘ragani uchun tarsaki tushirgandi. Bolalar ombudsmani erkakka nisbatan sud hukmi o‘qilganini ma’lum qildi.

Holat bo‘yicha do‘kon sotuvchisi Z.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ish qo‘zg‘atilgan.

22-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudi hukmi bilan unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev 12 yoshli Shahboz bilan uchrashib, minnatdorchilik bildirdi va uning talabchanligini alohida qayd etib, “oldingizda butun soliq markaziy apparati tikka tursa arziydi” deya baholadi.

Mashhur yangiliklar