22 Iyul 2024, 17:05 Oʻzbekiston

O‘zbekistonning 4 viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” agentligi direktori Sherzod Habibullayev 23−26-iyul kunlari O‘zbekistonning 4 viloyatida sel kelishi xavfi borligidan ogohlantirdi.

O‘zbekistonning 4 viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

23−26-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sababli respublikaning 4 ta viloyatidagi tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” agentligi direktori Sherzod Habibullayev ogohlantirdi.

Hududlar:

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Mashhur yangiliklar