22 Iyul 2024, 15:59 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda olti oyda transport xavfsizligi qoidalarini buzgan 500 dan ortiq kishi qamaldi

Oliy sud O‘zbekistonda 2024 yilning o‘tgan 6 oyida transport xavfsizligi qoidalarini buzgan 500 dan ortiq kishi ozodlikdan mahrum qilinganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda olti oyda transport xavfsizligi qoidalarini buzgan 500 dan ortiq kishi qamaldi

Oliy sud O‘zbekistonda yarim yilda transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun qamalganlar sonini ochiqladi.

Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda Jinoyat kodeksining 266-moddasida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 325 nafar shaxs sudlangan. Shundan 635 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 690 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

2024-yilning 1-yarmida 1 601 nafar shaxs sudlanib, ularning 551 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 1 050 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi taqdim etgan maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning besh oyida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 53,7 foizi piyoda va velosipedchilar bilan bog‘liq holatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mashhur yangiliklar