22 Iyul 2024, 13:16 •Oʻzbekiston
“Chorvoq”da 19 yoshli yigit gidroskuter boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida 19 yoshli yigit gidroskuter boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.
20-iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborining Burchmulla suv havzasida 2 nafar fuqaro jarohat olib, vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, suv havzasiga dam olish maqsadida kelgan zangiotalik 19 yoshli fuqaro suv skuteri (gidrotsikl)ni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga borib urilgan.
Buning oqibatida katamaranda bo‘lgan 2 nafar Farg‘ona viloyatidan kelgan fuqaro tan jarohati olgan. Hodisa oqibatida fuqarolar olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB va prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Toshkentda qalbaki 9 ming dollarlarni sotayotganlar ushlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22