22 Iyul 2024, 10:30 Oʻzbekiston

Sirdaryoda sotuvchi QR kodli chek so‘ragan bolani urdi

Guliston shahrida do‘kon sotuvchisi QR kodli chek so‘ragan 12 yoshli bolaga tarsaki tushirdi.

Sirdaryoda sotuvchi QR kodli chek so‘ragan bolani urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bolani do‘kon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, 20-iyul kuni bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, farzandi (2011-yilda tug‘ilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi do‘konda xarid qilganda QR kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat o‘rganilmoqda.

Bu borada qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Mashhur yangiliklar