22 Iyul 2024, 09:23 Oʻzbekiston

Farg‘onada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan novvoyxonalar aniqlandi

Farg‘ona viloyatida 5 ta novvoyxona 771 mln so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum bo‘ldi.

Farg‘onada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan novvoyxonalar aniqlandi

Farg‘ona viloyatida 5 ta novvoyxona tomonidan 771 mln so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, inspeksiya Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar M.B. (273,3 mln so‘m), A.Z. (201,9 mln so‘m), A.A. (88,6 mln so‘m), I.A. (69,2 mln so‘m) hamda Farg‘ona shahrida fuqaro O‘.B. (138,2 mln so‘m) larga qarashli novvoyxonalar hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum bo‘ldi.

Mashhur yangiliklar