20 Iyul 2024, 15:19 Oʻzbekiston

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 20 iyul kuni soat 12:27 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, Xonabod ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:01 da o‘chirilgan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mashhur yangiliklar