20 Iyul 2024, 08:51 •Oʻzbekiston
Toshkentda 64 yoshli ayol mashina urib ketishi oqibatida halok boʻldi
Yunusobod tumanida Spark tartibga solinmagan piyodalar o’tish joyidan yo’lni kesib o’tayotgan piyodani urib yubordi. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi.
Kecha, 19-iyul kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH soat 20:30 larda Ahmad Donish ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi D.R. (2004-yilda tug‘ilgan, erkak) Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda G. Sh.ni (1960-yilda tug‘ilgan, ayol) urib yuborgan.
Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi
Soʻnggi yangiliklar
Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33