20 Iyul 2024, 10:31 •Oʻzbekiston
Jizzaxda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Jizzax shahridagi 1 mlrd 354 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish materiallarini ishlab chiqarish sexi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha,“B.D.” MCHJ rahbari R.K. jamiyatga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish sexidagi gaz qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuriga yashirish ravishda ulab, 1 mlrd 354 mln so‘mlik 902,6 ming kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “B.D.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik), 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda aka-uka do‘kon ishchilarini kaltakladi Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi Jizzaxdagi novvoyxona qariyb 700 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Jizzaxdagi shifoxonada janjal koʻtargan aka-ukalar jazolandi Jizzaxda o‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan soxta bank xodimi ushlandi
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08