Xitoy Oʻzbekistonda paxta terish mashinalarini yigʻishni boshlaydi
Kompaniya vakillari loyiha belgilangan reja asosida amalga oshirilayotganini qayd etib, kelgusi yilda loyiha toʻla ishga tushirilishini maʼlum qildi.
Fargʻona viloyat hokimligida Xitoyning Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, uchrashuvda Fargʻonada Xitoy kompaniyasi tomonidan amalga oshirishga kirishilgan paxta terish mashinalarini yigʻish, texnikalarga servis xizmati koʻrsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun oʻquv markazi tashkil etish loyihasining borish jarayonlari muhokama qilindi.
Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd kompaniyasi vakillari loyiha belgilangan reja asosida amalga oshirilayotganini qayd etib, kelgusi yilda loyiha toʻla ishga tushirilishini maʼlum qildi. Fargʻona shahridagi sobiq Mexanika zavodi hududiga joylashtirilayotgan ushbu loyiha, texnikalarga servis xizmati koʻrsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun oʻquv markazini ham oʻz ichiga olgani bilan ham yanada ahamiyatlidir.
Мавзуга оид хабарлар:
Paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan rais jarimaga tortildi Qo‘lda terilgan paxta narxi 2500 so‘m etib belgilandi Tezlikni oshirganlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish taklif etildi