19 Iyul 2024, 17:48 Oʻzbekiston

Mirziyoyev va Japarov rafiqalari hamrohligida Ichan qal’a majmuasiga bordi

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasini ziyorat qildi.

Mirziyoyev va Japarov rafiqalari hamrohligida Ichan qal’a majmuasiga bordi

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi.

Qirgʻizistonlik mehmonlar tanishuvni “Ota darvoza”dan boshlab, noyob “Koʻhna ark” majmuasi, Shergʻozixon madrasasi, Juma masjidi, “Toshhovli” majmuasi va boshqa obidalar bilan davom ettirdi.

Mehmonlar sharafiga oʻzbek xalq qoʻshiqlari yangrab, teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. Shundan soʻng Nurillaboy saroyiga tashrif buyurildi.

Xiva tarixi va uning fan rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va sanʼati haqidagi hikoyalar qirgʻizistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Mashhur yangiliklar