18 Iyul 2024, 09:23 Oʻzbekiston

“Biz terrorist, korrupsioner boʻlmaganmiz, odamxoʻr emasmiz” — “Baxti Tashkentskiy”

Baxtiyor Qudratullayev va jami 37 kishiga nisbatan ochiq sud ishi davom etmoqda. 15-iyul kungi tomonlar muzokarasida advokatlar va sudlanuvchilar tinglandi.

“Biz terrorist, korrupsioner boʻlmaganmiz, odamxoʻr emasmiz” — “Baxti Tashkentskiy”

Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning oʻgʻillari, akasi — jami 37 kishiga nisbatan ochiq sud ishi davom etmoqda. Sudning 15-iyul kungi taraflar muzokarasida advokatlar va sudlanuvchilarga soʻz berildi.

Baxtiyor Qudratullayevning advokatiga koʻra, “Baxti Tashkentskiy”ga qoʻyilgan 44 ta epizodning 13 tasi ayblovdan olib tashlangan. Advokat oʻz nutqida jinoyat ishiga dahldor turli holatlarni keltirib, ayblovda qoʻyilgan moddalarni qayta koʻrib chiqishni hamda ularning ayrimlarini olib tashlashni soʻradi. Shundan soʻng boshqa advokatlar ham soʻzga chiqdi.

Advokatlar nutqidan keyin sudlanuvchilar ham tinglandi. Xususan, Baxtiyor Qudratullayev soʻnggi soʻzida suddan sudlanuvchilarga yengillik berishni soʻradi. “Baxti Tashkentskiy”ning nutqidan soʻng boshqa sudlanuvchilar ham nuqt soʻzladi. Ularning aksariyati aybiga qisman iqrorligini bildirib, suddan yengillik soʻradi. Baʼzi sudlanuvchilar esa oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni rad etdi.

Mashhur yangiliklar