Sanepidqoʻmita fuqarolarni avtomobil yoʻllari yonidan tarvuz va qovun sotib olmaslikka chaqirdi
Qoʻmitaga koʻra, yoʻl yoqasidagi chodirlarda sotilayotgan poliz mahsulotlari va mevalar avtotransport vositalarining chiqindilaridan toksik moddalarni oʻziga oʻzlashtiradi. Bu esa sogʻliq uchun zararli hisoblanadi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qovun mahsuloti notoʻgʻri isteʼmol qilinsa, zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Maʼlum qilinishicha, diyetologlar qovunni asosiy ovqatlar orasida, boshqa ovqatlar bilan aralashmasdan isteʼmol qilishni maslahat beradi. Uni och qoringa, shuningdek kechqurun soat 17:00-19:00 dan keyin isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.
“Uglevod mahsulotlarini kechqurun isteʼmol qilish insulinning koʻpayishi va yogʻlarning toʻplanishiga olib keladi. Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar mavjud: oshqozon yarasi yoki gastritning kuchaygan davrida qovunni isteʼmol qilmaslik kerak.
Qovun yuqori kaloriya emas — naviga qarab 100 g. uchun atigi 30-38 kkal. Kaloriya miqdori past boʻlishiga qaramay, qovun yuqori glikemik indeksga ega va shakar miqdori koʻpaygan (banan kabi 60-65), shuning uchun u diabet va semizlikka moyillar uchun maʼqul mahsulot emas”, — deyiladi qoʻmita xabarida.
Qayd etilishicha, qovun asab tizimiga foydali va kayfiyatni yaxshilaydi. Homilador ayollar uchun V9 vitamini yoki foliy kislotasi tufayli homilaning asab tizimi toʻgʻri rivojlanishi uchun qovun isteʼmoli tavsiya etiladi. Qovun ich qotishi, koʻrishni yaxshilash, yurak faoliyatini yaxshilash, osteoporoz, raxit yoki psoriaz, teri, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilashga yordam beradi.
Qoʻmita fuqarolarni yoʻllar yonidagi chodirlardan tarvuz va qovun sotib olmaslikka chaqirdi. Qoʻmitaga koʻra, bunday poliz mahsulotlari va mevalar avtotransport vositalarining chiqindilaridan toksik moddalarni oʻziga oʻzlashtiradi va sogʻliq uchun zararli hisoblanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Sanepidqo‘mita sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerakligini tushuntirdi O‘zbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi Toshkentda odamlar go‘shtdan zaharlangani haqida xabar tarqaldi Sanepidqo‘mita: O‘zbekiston aholisining katta qismi maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitetga ega Sanepidqo‘mita O‘zbekistonda maymunchechak virusiga qarshi choralar ko‘rilayotganini bildirdi