17 Iyul 2024, 14:20 Oʻzbekiston

Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonga keladi

Qirgʻiziston-Oʻzbekiston biznes-forumi hamda ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi tashkil etiladi.

Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonga keladi

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov 18−19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi.

Qirgʻiziston rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrif doirasida Qirgʻiziston rahbari prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi. Tomonlar “oʻzaro manfaatli barcha sohalarda” hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Ikki davlat rahbarlari Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi madaniyat kunlarining rasmiy ochilish marosimida, shuningdek, amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning onlayn ishga tushirilishida ishtirok etadi.

Mashhur yangiliklar