10 ta tuman va shahar hokimlari ishdan olindi
Prezident bosh vazirning 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash va 10 nafar hokimni ishdan olish boʻyicha taklifini qoʻllab-quvvatladi.
Prezident oʻtkazgan yigʻilishda Oʻzbekistondagi bir necha tumanlarning hokimlarini ishdan olish boʻyicha bosh vazir bildirgan takliflar qoʻllab-quvvatlandi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻriladigan boʻldi. Qoraoʻzak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Yangiariq, Mirzaobod, Mingbuloq tumanlari, Gʻozgʻon shahri hokimlari esa ishdan ketadi.
“Yutuqlarimiz haqida koʻp gapirish mumkin. Dunyodagi ogʻir sharoitga qaramasdan? barqaror iqtisodiy oʻsish yoʻlida aniq natijalarga erishyapmiz. Buni Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham eʼtirof etyapti”, — dedi prezident.
Bunga munosib hissa qoʻshayotgan tarmoq, viloyat va tumanlarga, tadbirkorlarga alohida minnatdorlik bildirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatining bir qator tumanlariga hokimlar tasdiqlandi Ulugʻbek Qosimov ham Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Shuhrat Abdurahmonov Andijon hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Buxoro, Farg‘ona va Qashqadaryoga hokimlar tasdiqlandi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi