16 Iyul 2024, 13:14 Oʻzbekiston

O‘zbekiston Qirg‘izistonga yana insonparvarlik yordami yubormoqda

14-iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tog‘ va adirliklarida kuzatilgan jala yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida kuchli sel kuzatilgandi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga yana insonparvarlik yordami yubormoqda

O‘zbekiston prezidenti nomidan O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordamlari yuborilmoqda.

Qayd etilishicha, ayni daqiqalarda Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida o‘nlab yuk mashinalari saf tortgan.

“Andijon viloyati hokimi va qator mutasaddilar ishtirokida insonparvarlik karvoni Qirg‘iziston tomon jo‘nab ketish arafasida”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 14-iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tog‘ va adirliklarida kuzatilgan jala yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida kuchli sel kuzatildi.

Mashhur yangiliklar