Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston va Malayziya yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, shu jumladan Malayziya bosh vazirining joriy yil may oyida Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi koʻrib chiqildi.
Parlamentlararo, hukumatlararo, ishbilarmonlik aloqalari sezilarli faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 29-may kuni Putrajaya shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi samarali oʻtkazildi. Oʻzbekiston-Malayziya ishbilarmonlar kengashi tuzildi.
Sanoat, “yashil” energetika, neft-kimyo, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. Gumanitar almashinuv va ziyorat turizmi boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi Toshkentdan Malayziyaga uchgan samolyotda o‘g‘rilar ushlandi