Kambagʻallikni qisqartirish Ijtimoiy himoya agentligi zimmasida boʻladi
Hozir kambagʻallik masalalari bilan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi shugʻullanadi, oldin bunga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi javob bergan.
Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari endilikda bir organ — Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi zimmasida boʻladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatining Quva shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishda aytib oʻtdi.
Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ham tizimni oʻzgartirish zarur, dedi prezident. Mamlakatda “mahalla yettiligi” faoliyati boʻyicha tajriba toʻplangani, ularga bank-moliya instrumentlari orqali yordam berish mexanizmlari joriy etilganini taʼkidladi. Ayni paytda tizim kengaygan sari yangicha yondashuvga ehtiyoj sezilmoqda, dedi prezident.
“Ehtiyojmand aholi daromad manbai bilan taʼminlanmasa, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta murojaat etadi”, — dedi u.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi oʻtgan yilning yozida tashkil etilgan. Bandlik vazirligi, SSV, IIV, MMTV va boshqa tuzilmalarning tegishli boʻlimlari agentlikka oʻtgan. Agentlikning respublika boʻylab filiallari, tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlari mavjud.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistondagi yolg‘iz keksalar soni ma’lum qilindi Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili etib tayinlandi Ijtimoiy himoya milliy agentligining vakolatlari kengaytiriladi