Toshkentda oʻquvchi qiz sinfdoshlari tomonidan ruhiy zoʻravonlikka uchragani aniqlandi
Bolalar ombudsmani holatni oʻrgangan. Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan esa maktab masʼul xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan.
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida oʻquvchi qiz sinfdoshlari tomonidan ruhiy zoʻravonlikka uchragani aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 12-iyun kuni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro G.X.dan murojaat kelib tushgan. Unda ayol 2008-yilda tugʻilgan qizi A.T. Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 49-sonli maktabda sinfdoshlari tomonidan ruhiy zoʻravonlikka uchraganini maʼlum qilgan.
Qizning onasi shuningdek, zoʻravonlikni bartaraf etish yuzasidan maktab maʼmuriyatiga qilgan murojaati eʼtiborsiz qoldirilganini bildirib, maktab direktori va sinf rahbariga chora koʻrilishini soʻragan.
Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborgan soʻrovi asosida mazkur holat oʻrganilib, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan 49-sonli umumtaʼlim maktabi masʼul xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan.
Hozirda tekshiruv natijasiga muvofiq sinf rahbari E.U.ga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan. Shuningdek, maktab direktori R.N. esa taʼlim maskanida yuz bergan bunday vaziyatni boshqara olish malakasi yetarli emasligi sababli malaka oshirish uchun maxsus oʻquv kurslariga yoʻnaltirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Xorazmda o‘quvchining onasi va o‘qituvchi janjallashdi Buxoro qorovul maktabda fohishaxona tashkil qildi Sirdaryoda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchi bilan janjallashdi Toshkentda mushukka beshafqatlik qilgan o‘qituvchi ishdan bo‘shadi Toshkentdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi 7 sutkaga qamaldi