Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori boʻldi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining sobiq birinchi oʻrinbosari hamda maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi.
Bunga qadar maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari hamda Maktabgacha taʼlim agentligi direktori lavozimida ishlagan Agrippina Vasilyevna Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi.
Universitetning avvalgi rektori Viktor Veniaminovich Nam Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu lavozimda u Qahramon Olimov oʻrnini egalladi.
Bundan tashqari, Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali direktorligiga Iqbol Mamasodiqovich Meliqoʻziyev (Eldar Sadiqovich Yoʻldoshev oʻrniga), Yunus Rajabiy nomidagi musiqa sanʼati institutining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori — rektor v.v.b. lavozimiga Eldor Oʻralovich Shermanov tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
To‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi