9 Iyul 2024, 17:39 Oʻzbekiston

Buxoroda gʻalladan boʻshagan yerlarda somon qoldiqlari yoqildi

Bu tuproqdagi mikroorganizmlar, foydali hasharotlarning nobud boʻlishiga, atrof-muhit va havoning ifloslanishiga olib keladi.

Buxoroda gʻalladan boʻshagan yerlarda somon qoldiqlari yoqildi

Buxoro viloyatida gʻalladan boʻshagan yer maydonlarida somon qoldiqlarini yoqqanlar 40 million soʻmdan ortiq jarimaga tortildi.

Viloyat Ekologiya boshqarmasining qayd etishicha, hududlarda doimiy ravishda gʻalladan boʻshagan yer maydonlarida somon qoldiqlarini yoqmaslik boʻyicha targʻibot tadbirlari olib borilishiga qaramasdan fermer xoʻjaliklari tomonidan somon poyalarini yoqish holatlari kuzatilmoqda.

Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Buxoro viloyatida gʻalladan boʻshagan yer maydonlarida somon qoldiqlarini yoqish bilan bogʻliq 10 ta holat aniqlanib, 40 674 000 soʻm jarima qoʻllangan. Viloyat boʻylab nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, gʻalladan boʻshagan yerlarda somon poyasini yoqish dehqonchilikka katta ziyon yetkazadi. Bu tuproqdagi mikroorganizmlar, foydali hasharotlarning nobud boʻlishiga, atrof-muhit va havoning ifloslanishiga olib keladi.

Mashhur yangiliklar