Toshkent viloyatida togʻda jarohat olgan fuqaro qutqarildi
Boʻstonliq tumanida “Qulosoy” sharsharasi yaqiniga sayohatga chiqqan uch fuqarodan biri oyogʻidan jarohatlandi. Ular FVB tomonidan xavfsiz hududga olib tushilib, jarohat olgan kishiga tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda unga uyiga ruxsat berilgan.
8-iyul kuni soat 13:09 atrofida Toshkent viloyati Boʻstonltiq tumanida togʻda jarohat olgan fuqaroga amaliy yordam koʻrsatildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, uch kishi sayr qilish maqsadida Boʻstonliq tumani Burchmulla mahallasidagi “Qulosoy” sharsharasi yaqiniga borgan. Biroq ulardan biri ehtiyotsizligi oqibatida chap oyogʻidan jarohat olgan. Soʻngra fuqarolar Toshkent viloyati FVBga yordam zarurligi toʻgʻrisida xabar bergan.
Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadi va Boʻstonliq tumani FVBning bir guruh qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va jarohat olgan fuqaroga birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan. Shundan soʻng, ular dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushilib, jarohat olgan kishi tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Fuqaroning umumiy ahvoli yaxshi boʻlganligi sababli shifokorlar tomonidan yashash uyiga ruxsat berilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida fuqaro 5 metrlik chuqurlikka tushib ketdi Sirdaryoda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘liga igna sanchgani aytilmoqda Boʻstonliqda bir-biriga tutash ikki uyda yongʻin sodir boʻldi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan fuqarolar qutqarildi Toshkent viloyatida Jetour suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi