Andijonda Cobalt haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yubordi
Ushbu YTH oqibatida piyoda X.S. tan jarohati olib shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Andijon viloyatida Cobalt haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yuborib, avtohalokat sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Andijon shahar O‘zbekiston ko‘chasi Korzinka supermarketi oldidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida sodir bo‘lgan. 1999-yilda tug‘ilgan A.X. o‘zining Cobalt’ida harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 2014-yilda tug‘ilgan T.S.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida piyoda X.S. tan jarohati olib shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan hozirda Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.