8 Iyul 2024, 13:15 Oʻzbekiston

“Mening bog‘im”ga ovoz berish yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi

Loyihaga “Ochiq budjet” portali orqali 53 mingdan ortiq ovoz berilgan va 215 ta loyiha g‘olib deb topilgan. G‘olib loyihalarga respublika bo‘yicha 48,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

“Mening bog‘im”ga ovoz berish yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi

O‘zbekistonda ilk bor “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilishga qaratilgan “Mening bog‘im” loyihasi bo‘lib o‘tdi. Tashabbuskorlar 10 iyundan 20 iyungacha “Ochiq budjet” portalida yashil parklar va yashil jamoat parklarini tashkil qilishga oid takliflarini qoldirdi.

Takliflarni saralash 20 iyundan 23 iyungacha, ovoz berish 23-iyundan 3-iyulgacha o‘tkazildi. Takliflarga 53 mingdan ortiq ovoz berildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, ovoz berish jarayoni yakunlari bo‘yicha 215 ta loyiha g‘olib deb topildi. G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 48,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Mashhur yangiliklar