6 Iyul 2024, 18:09 Sport

Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o‘tkazilgan Grand Chess Tour seriyasiga kiruvchi Superbet Chess Classic Romania turniri o‘z yakuniga yetdi.

Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Shaxmat bo‘yicha Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o‘tkazilgan Grand Chess Tour seriyasiga kiruvchi Superbet Chess Classic Romania turniri o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur turnirda Nodirbek Abdusattorov (2766) ham ishtirok etdi. Uchrashuvlarning 8 tasida durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi yakunda 9-o‘rinni egalladi hamda tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan 14500 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa chempioni Fabiano Karuana 68750 AQSH dollariga ega bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinda bir xil ochko qayd etgan uch nafar shaxmatchi — fransiyalik Alirezo Firuzja, hindistonlik Dommaraju Gukesh va Rameshbabu Pragnanandhaning har biriga 58750 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti taqdim etildi.

Mashhur yangiliklar