6 Iyul 2024, 15:02 Oʻzbekiston

Toshkent aeroporti hududidagi kafeda yongʻin yuz berdi

Yongʻin oqibatida 5 kv/metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yoʻq.

Toshkent aeroporti hududidagi kafeda yongʻin yuz berdi

Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yongʻin yuz berdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti vokzal oldi maydonida yangi “Terminal” kafesida yongʻin kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar oʻt oʻchirish boʻlimlari yetib kelgan. Yongʻin soat 11:47 da oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yoʻq. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisaga oshxonadagi kichik yongʻin sabab boʻlgan. Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlayotgani maʼlum qilindi.

Mashhur yangiliklar