5 Iyul 2024, 18:29 •Oʻzbekiston
Samarqandda Nexia-2 urib yuborgan bola halok boʻldi
2017-yilda tugʻilgan bola koʻchaning belgilanmagan joyidan yugurib oʻtayotganida Nexia-2 uni urib yuborgan. Bola shifoxonada vafot etgan.
Samarqand tumanida Nexia-2 urib yuborgan bola shifoxonada vafot etdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024-yil 3-iyul kuni soat 18:00 larda sodir boʻlgan.
Haydovchi Nexia-2 mashinasini Samarqand tumani, “Joʻyi soy” MFY hududidan oʻtgan Usta Umar Joʻraqulov koʻchasida boshqarib ketayotganida yoʻlning belgilanmagan qismidan yugurib oʻtayotgan bolani urib yuborgan.
Bola zudlik bilan Samarqand shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u shifoxonada hayotdan koʻz yumgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda traktor tirkamasi va ikkita mashina ishtirokida YTH yuz berdi Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov jarimaga tortildi Samarqandda fuqaroni Qozogʻistondagi OTMga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytgan shaxs ushlandi Samarqandda KamAZ va 7 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Samarqand arxitektura-qurilish instituti hududida yongʻin yuz berdi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkentda 100 ming dona etil spirtini sotishga uringanlar ushlandi
5 Oktabr 2024, 19:17Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni internetda reklama qilishga javobgarlik belgilandi
5 Oktabr 2024, 18:25O‘zbekistonda konsertlarning milliy an’analarga mosligi tekshirilishi mumkin
5 Oktabr 2024, 17:39Turkiyada hujjat va pullarini o‘g‘irlatgan 74 yoshli ayol O‘zbekistonga qaytarildi
5 Oktabr 2024, 17:04Toshkent viloyatida yovvoyi cho‘chqani otib o‘ldirganlar jarimaga tortildi
5 Oktabr 2024, 16:30Xorazmda qariyb 240 mln so’mlik dorilarning noqonuniy savdosi fosh qilindi
5 Oktabr 2024, 15:43Toshkentda Nexia-3 yonib ketdi
5 Oktabr 2024, 15:08Surxondaryoda “O‘zsuvta’minot”ning uch xodimi qutqarildi
5 Oktabr 2024, 14:27