Navoiyda 8 yoshli qiz mashina bosib ketishi oqibatida halok boʻldi
Xatirchi tumanida yuqori tezlikdagi BYD Song Plus Champion mashinasi piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan 2-sinf oʻquvchisini bosib ketdi.
1-iyul kuni soat 19:20 atrofida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 8 yoshli qiz yoʻl transport hodisasi oqibatida halok boʻldi.
Qayd etilishicha, holat tumandan oʻtgan 4R48 avtomobil yoʻlda sodir boʻlgan. BYD Song Plus Champion avtomashinasi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan 2-sinf oʻquvchisini urib yuborgan.
Tarmoqlarda tarqalgan videoda yuqori tezlikda harakatlanayotgan 2 ta avtomobil piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashib, fuqarolar oʻtayotganini koʻrgan boʻlsa-da, tezlikni pasaytirmagani va ularga yoʻl bermaganini koʻrish mumkin. Oldindagi mashina oʻtib ketgan, uning tez harakati taʼsirida qiz yiqilib tushgan va shu paytda orqadan 135−140 km/soat tezlikda kelayotgan BYD Song Plus Champion uni bosib ketgan.
Hodisa oqibatida qiz olgan tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan. Holat boʻyicha Jinoyat kodeksning 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda traktor tirkamasi va ikkita mashina ishtirokida YTH yuz berdi Jizzaxda haydovchi uxlab qolishi oqibatida ayanchli YTH yuz berdi Andijonda ikkita yuk mashinasi, Damas hamda Spark ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkentda 9 yoshli qizning o‘limi bilan tugagan YTH bo‘yicha tergov davom etmoqda Buxoroda yuz bergan ayanchli YTH yuzasidan maʼlumot berildi