4 Iyul 2024, 09:35 Oʻzbekiston

Toshkentdagi janjalda haydovchi mashinasini odamlar ustiga haydadi

Janjal oqibatida uch nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli.

Toshkentdagi janjalda haydovchi mashinasini odamlar ustiga haydadi

Toshkentdagi janjalda fuqaro avtomobilini odamlar ustiga haydadi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 3-iyul kuni taxminan soat 23:00 larda Sergeli tumani Qo‘yliq-5 dahasida sodir bo‘lgan.

O‘zaro tanish bo‘lgan bir nechta fuqaro — K.F., B.A., T.J., F.R., I.U. og‘zaki kelishmovchilik sababli janjallashib ketgan.

Janjal oqibatida uch nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli. Vafot etgan yoki og‘ir jarohat olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mashhur yangiliklar