3 Iyul 2024, 16:29 Oʻzbekiston

Toshkentda bir-biriga tutash uchta xonadonda yongʻin sodir boʻldi

Hodisa joyiga 7 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yongʻin oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Toshkentda bir-biriga tutash uchta xonadonda yongʻin sodir boʻldi

Shayxontohur tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yongʻin sodir boʻldi. Toshkent shahar FVB yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, bugun soat 13:54da Shayxontohur tumani Quvur ariq 2-tor koʻchasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonda yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

7 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:00da voqea joyiga yetib borgan hamda yongʻin soat 14:25 da oʻrab olinib, soat 14:47da toʻliq oʻchirilgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar