Oʻzbekistonning Qozogʻiston bilan chegarasida tunnel aniqlandi
Uzunligi 310 metr boʻlgan tunnelda havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuk arava va arqonlar borligi aniqlandi.
Toshkent viloyatining Qozogʻiston bilan chegara hududida noqonuniy yerosti yoʻli aniqlandi. DXX tunnel orqali transchegaraviy jinoiy guruh olib oʻtgan, Hindistonda ishlab chiqarilgan 1 mlrd soʻmlik dorilarni musodara qildi.
Maʼlum boʻlishicha, ular dorilarning navbatdagi qismini Dehli-Toshkent-Olmaota aviayoʻnalishi orqali tranzit tarzda Olmaota xalqaro aeroportiga olib kelgan.
Dorilar Qozogʻistonning Turkiston viloyati Sariyogʻoch tumani “Doʻstlik” aholi yashash punktiga yetkazilgan va yashirin yerosti yoʻli orqali Toshkent tumani “Oʻrikzor” MFY hududiga oʻtkazilgan.
Toshkent viloyatida yashovchi fuqaroning uyini Qozogʻiston tomoni bilan bogʻlovchi yerosti yoʻlining uzunligi 310 metr boʻlib, unda havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuklarni tashishga moʻljallangan arava va arqonlar bor.
Tezkor tadbir davomida jinoiy guruh aʼzolaridan jami 1 mlrd 94 mln 342 ming soʻmlik, Hindistonda ishlab chiqarilgan “Albumin”, “Remdesivir”, “Meropenem” kabi jami 107 nomdagi 17 048 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda fuqaroni Qozogʻistondagi OTMga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytgan shaxs ushlandi Aqtoʻbeda o‘z ichki organlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Qozog‘istonda qor yog‘ishi kutilmoqda Qozog‘istonda migratsiya nazoratini kuchaytirilmoqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi