![Andijonda Cobalt haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yubordi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/uk-HRCx_D1H-300x185.jpg)
Yunusobodda suvoʻtkazgich yorilishi oqibatida koʻchalarni suv bosdi
Poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik vujudga kelgani ortidan koʻchalar suv bilan toʻlgan. Hududning katta qismi suv taʼminotidan uzilgan.
![Yunusobodda suvoʻtkazgich yorilishi oqibatida koʻchalarni suv bosdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-03-10.42.21.jpg)
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi d1200mm katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik vujudga keldi, deb xabar berdi “Toshkent shahar suv taʼminoti”.
Taʼkidlanishicha, tumanning Moyqoʻrgʻon koʻchasi va Qoraqamish koʻchalari kesishmasida d1200mm katta suv oʻtkazgich yorilgan.
Shu sababli tumandagi Tiklanish mahallasi 1,2,3,4,5,6, tor koʻchalari, Gʻishtqoʻrgʻon koʻchalari, Astrobod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
Hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv boʻlmasligi ham qayd etilgan. Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini koʻrishmoqda. Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi.
Soʻnggi yangiliklar
![Andijonda Cobalt haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yubordi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/uk-HRCx_D1H-300x185.jpg)
![Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri sudlanadi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/u0L9TM15127221361424_b-300x200.jpg)
![Olti oyda 550 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-08-16.36.36-300x200.jpg)
![Avtomobillarga ekologik stiker berish 2025-yil 1-martdan boshlanadi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/TAjcOv-I-C5j_MJ5MN2Buh8w9C8j6eH5-300x168.jpg)
![Andijon viloyati SSB boshligʻi oʻzgardi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/zQg9WM9I4rIjJUFRuyP44TM-q3hKWMle-300x188.jpg)
![“Mening bog‘im”ga ovoz berish yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-08-13.14.24-300x194.jpg)
![Toshkentda 80 yoshli ayolga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-08-12.39.39-300x194.jpg)
![Raqobat qoʻmitasi “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-08-12.19.31-300x225.jpg)