Buxoroda voyaga yetmagan bola va qiz turmush qurgani aniqlandi
Oilalar kelishuvi asosida 16 yoshli bola va 17 yoshli qizning nikoh toʻyi boʻlib oʻtgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani ularning ota-onalarini maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilayotganini maʼlum qildi.
![Buxoroda voyaga yetmagan bola va qiz turmush qurgani aniqlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/Vlphgm17199409671298_b.jpg)
Buxoro viloyatida 16 yoshli bola va 17 yoshli qizning nikoh toʻyi boʻlgani haqida material eʼlon qilindi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova holat kuzatuvga olinganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, 29-iyun kuni Buxoro shahrida oilalarning oʻzaro kelishuvi asosida 2008-yilda Shofirkon tumanida tugʻilgan A.A. (oʻgʻil bola) va 2007-yilda Qorakoʻl tumanida tugʻilgan R.N.ning (qiz bola) nikoh toʻyi boʻlib oʻtgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi, deb taʼkidladi bolalar ombudsmani.
Uning qoʻshimcha qilishicha, 2-iyul kuni voyaga yetmaganlarning ota-onalarini Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47−3 moddasi (Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan hujjatlar sudga yuborilgan.
Surayyo Rahmonova Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanganini eslatdi. “Bu qonuniy talabning buzilishi bolaning taʼlim olish, sogʻligʻini saqlash hamda jismoniy, aqliy va maʼnaviy uygʻun ravishda kamol topish huquqlariga mutlaqo ziddir”, — deya taʼkidladi u.
Мавзуга оид хабарлар:
Бухорода боласини 2 йилдан буён калтаклаб келган аёл 3 йилга қамалди Россияда ота-она қарамоғисиз қолган 2 ёшли ўзбекистонлик қизча ватанга қайтарилди Самарқандда 8-синфда ўқийдиган қиз она бўлди Жиззахда ўқитувчи дарс тайёрламай келган 1-синф ўқувчиларига стул кўтартирди Жиззахда 7-синф болани урган ўқитувчи ишдан олинди
Soʻnggi yangiliklar
![Avtomobillarga ekologik stiker berish 2025-yil 1-martdan boshlanadi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/TAjcOv-I-C5j_MJ5MN2Buh8w9C8j6eH5-300x168.jpg)
![Andijon viloyati SSB boshligʻi oʻzgardi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/zQg9WM9I4rIjJUFRuyP44TM-q3hKWMle-300x188.jpg)
![“Mening bog‘im”ga ovoz berish yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-08-13.14.24-300x194.jpg)
![Toshkentda 80 yoshli ayolga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-08-12.39.39-300x194.jpg)
![Raqobat qoʻmitasi “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-08-12.19.31-300x225.jpg)
![Tezlikni oshirganlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish taklif etildi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/176004390_583188473083702_3506931278705376813_n-300x256.jpg)
![Yo’llardagi qoidabuzarliklar uchun belgilangan jarimalar yuzasidan shikoyat qilish imkoniyati paydo bo’ladi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/189595_5555376a9a868746d38bc2e3163d-300x200.jpg)
![Samarqandda qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/6Usef8pQwNhx2Yu2JFnx1dWvnmYp4Fjd-300x188.jpg)