![Avtomobillarga ekologik stiker berish 2025-yil 1-martdan boshlanadi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/TAjcOv-I-C5j_MJ5MN2Buh8w9C8j6eH5-300x168.jpg)
Toshkentda bobo oʻz nabirasini kaltakladi
4 yoshli bola bobosi bilan sayrga chiqib uzoqqa ketib qolgan. Shunda jahli chiqqan erkak nabirasini bir necha bor qattiq urgan.
![Toshkentda bobo oʻz nabirasini kaltakladi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-02-15.19.30.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta erkak yosh bolaning yuz qismiga urayotgani holati aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni oʻrganayotganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, holat 2024-yil 30-iyun kuni Toshkent shahrida yuz bergan. Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi nafaqaxoʻr M.A. 4 yoshli (2020-yilda tugʻilgan) nabirasi A.A. bilan koʻchaga sayrga chiqqan.
Shu vaqtda bola yugurib uzoqqa ketib qolgan, bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan. Soʻng uyidan olisroq boʻlgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasini bir necha bor qattiq urgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Soʻnggi yangiliklar
![Avtomobillarga ekologik stiker berish 2025-yil 1-martdan boshlanadi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/TAjcOv-I-C5j_MJ5MN2Buh8w9C8j6eH5-300x168.jpg)
![Andijon viloyati SSB boshligʻi oʻzgardi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/zQg9WM9I4rIjJUFRuyP44TM-q3hKWMle-300x188.jpg)
![“Mening bog‘im”ga ovoz berish yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-08-13.14.24-300x194.jpg)
![Toshkentda 80 yoshli ayolga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-08-12.39.39-300x194.jpg)
![Raqobat qoʻmitasi “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/2024-07-08-12.19.31-300x225.jpg)
![Tezlikni oshirganlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish taklif etildi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/176004390_583188473083702_3506931278705376813_n-300x256.jpg)
![Yo’llardagi qoidabuzarliklar uchun belgilangan jarimalar yuzasidan shikoyat qilish imkoniyati paydo bo’ladi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/189595_5555376a9a868746d38bc2e3163d-300x200.jpg)
![Samarqandda qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/07/6Usef8pQwNhx2Yu2JFnx1dWvnmYp4Fjd-300x188.jpg)