Oʻzbekistonda elektron dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Xususan, dasturiy apparat qurilmalari yordamida qonunga xilof tarzda bank kartasi yoki boshqa toʻlov kartalarining nusxasini yasash, soxtalashtirish orqali oʻzganing bank hisobidagi yoxud elektron toʻlov hamyonidagi pullari talon-toroj qilinmoqda.
Ayrim qonunlarga elektron dalil tushunchasi va ularni aniqlash, toʻplash, tekshirish, baho berishga oid oʻzgartirishlar kiritish orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida elektron dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda milliy protsessual qonunchilik hujjatlarida elektron dalillar tushunchasi, ulardan foydalanish tartibi aniq belgilanmagan. Raqamli dalillarga qanday maʼlumotlarni kiritish boʻyicha ham normalar mavjud emas. Gʻaraz niyatli shaxslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda jinoyat sodir etish holatlari esa keskin oshib bormoqda.
Ayniqsa, kibermakonda sodir etilayotgan mulkiy turdagi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori boʻlmoqda. Bunday jinoyatlardan jabrlanganlar soni va zarar koʻlami oshib boryapti. Dunyoning istalgan hududida turib, mol-mulkni talon-toroj qilish imkoniyatining mavjudligi ham mazkur jinoyatlarni aniqlash va fosh etishning murakkabligi bilan izohlanadi.
Keyingi paytlarda jinoyatchilar aholining bankdagi pullarini talon-toroj qilishda yangi usullardan foydalanmoqda. Xususan, dasturiy apparat qurilmalari yordamida qonunga xilof tarzda bank kartasi yoki boshqa toʻlov kartalarining nusxasini yasash, soxtalashtirish orqali oʻzganing bank hisobidagi yoxud elektron toʻlov hamyonidagi pullari talon-toroj qilinmoqda.
Aksariyat rivojlangan davlatlarda bankomatlar va toʻlov terminallariga oʻrnatiladigan bank kartalarining maʼlumotlarini oʻgʻirlovchi yoki dublikatini yasovchi qurilmalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, saqlash, oʻtkazish va foydalanish uchun qattiq jinoiy jazolar belgilash orqali ijobiy natijaga erishilgan.
Shundan kelib chiqib, ushbu qonun loyihasi bilan ayrim qonunlarga elektron dalil tushunchasi va ularni aniqlash, toʻplash, taqdim qilish, tekshirish, baho berish, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayon ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga oid oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Muhokamalardan soʻng qonun loyihasi fraksiya aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda xorijliklarni nomaqbul shaxs deb topish haqidagi qonun kuchga kirdi O‘zbekistonda istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi Prezident bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi