11 Iyun 2024, 09:54 •Oʻzbekiston
Юнусобод туманида юқори кучланишли симёғочда портлаш содир бўлди
Тан жароҳати олганлар йўқ. Туманда электр энергиясида узилишлар кузатилмагани айтилди.
Тошкент шаҳар Юнусобод туманида электр симларида қисқа туташув содир бўлди. Туман ҳокимлиги ахборот хизмати сўровга жавобан ҳолат бўйича маълумот берди.
2024 йил 11 июнь куни тунги вақтларда, соат тахминан 1:00 – 2:00 лар оралиғида Юнусобод тумани 18- ва 19-даҳалар орасидаги Янгишаҳар кўчасидан ўтган юқори кучланишли симёғоч электр симларида қисқа туташув содир бўлган.
Қисқа туташув натижасида тан жароҳати олганлар йўқлиги, электр энергиясидан узилишлар кузатилмагани айтилади. Тошкент шаҳар ФВБга ва электр тармоқларига ҳеч қандай мурожаатлар келиб тушмаган. Воқеа жойига Юнусобод тумани ФВБ масъули чиққан.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqanddagi xonadonda gaz portlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Samarqanddagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻldi Qashqadaryodagi gaz “zapravka”da portlash yuz berdi Dog‘istonda “zapravka” portlashi oqibatida10 kishi halok bo‘ldi Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida portlash yuz berdi
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22