O‘zbekiston uzoq davom etadigan “qizil” magnit bo‘roni bilan qoplanadi
Eng kuchli qo‘zg‘alishlar ertalab sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 8 va 9-avgust kunlari O‘zbekistonda kuchli “qizil darajali” magnit bo‘roni bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit buzilishlar kuchi 5 ballni tashkil etgan. Geozarbalar soat 11:00 da bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 4 ballgacha pasayadi. 9 avgust kuni bo‘ron intensivligi yana 5 ballgacha ko‘tariladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Mavzuga doir: 2025-yilning iyul oyi so‘nggi yillardagi eng issiq bo‘ldi. Bir qator tumanlarda haroratning mutlaq rekordi yangilandi.
Izohlar