Issiq va quruq: 8-avgust uchun ob-havo
Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

8-avgust kuni O‘zbekistonda 40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda, tog‘li hududlarda kuchli shamol esishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tunda harorat 14-19°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Izohlar