O‘zbekistonda BHM, MHEKM va eng kam pensiya miqdori qancha?
Aholining alohida qatlamlari uchun to‘lovlar va nafaqalar miqdori ham belgilandi.

Prezidentning 2024-yil 12-avgustdagi farmoniga ko‘ra, 1-sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi. Bazaviy hisoblash miqdori 1-oktyabrdan 15 foizga oshirildi.
Belgilanishicha:
mehnatga haq to‘lashning eng kam ish haqi (MHEKM) | oyiga 1 155 000 so‘m |
bazaviy hisoblash miqdori (BHM) | 375 000 so‘m |
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori | 428 000 so‘m |
yoshga doir eng kam pensiya miqdori | 834 000 so‘m |
Shuningdek:
nogironlik pensiyasining, shu jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori | oyiga 920 000 so‘m |
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga to‘lanadigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori | oyiga 920 000 so‘m |
1941-1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga va uning qatnashchilariga, shuningdek fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslariga va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarga pensiyaning eng kam miqdori, shu jumladan ustamalar | oyiga 4 056 000 so‘m; |
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori | 745 000 so‘m |
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda | 745 000 so‘m |
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchining bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori amaldagi tartibga muvofiq oilaning keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz a’zosiga | 745 000 so‘m miqdorida |
MHEKM — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori. Belgilangan mehnat normalarini bajargan xodimning ish haqi 1 EKIHdan kam bo‘lishi mumkin emas.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ish beruvchi xodimga ko‘rsatilgan vaqt mobaynida bajargan ishi uchun to‘lashi shart bo‘lgan va jamoa yoki yakka tartibdagi mehnat shartnomasi bo‘yicha kamaytirilishi mumkin bo‘lmagan haqning eng kam miqdoridir.
Quyidagilarni aniqlash uchun qo‘llaniladi:
- lavozim maoshi summasi;
- daromad solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari;
- qonun hujjatlarida belgilangan ayrim chegirmalar;
- ilgari EKIHda belgilangan boshqa to‘lovlar.
Oilaning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojligini va ishsizlik nafaqasi miqdorini aniqlash uchun ham qo‘llaniladi.
BHM — quyidagilarni hisoblash uchun qo‘llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori:
- davlat xizmatlari uchun jarimalar, soliqlar, bojlar va boshqa to‘lovlar miqdori;
- tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent, litsenziyalar va boshqa to‘lovlar qiymati;
- korxonalarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori;
- mikrokreditlar va lizingning cheklangan miqdorini hamda boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni belgilaydi.
Izohlar