Toshkentning ikki tumani qisman gazsiz qoladi — manzillar
Rejali ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng ta’minot qayta tiklanadi.

3-dekabr kuni Toshkentning Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Shayxontohur tumani: Huvaydo, Zafarobod, Tinchlik, Ilg‘or mahallalari, M-27, M-26, Chorsu ko‘chalaridagi uylar, ulgurji iste’molchilar — 43.
- Olmazor tumani: Orzu, Quyosh, Chustiy mahallalari. Yirik iste’molchilar — 35.
Rejali ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng ta’minot qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati real vaqt rejimida kuzatib borilishi haqida xabar berilgan edi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.
Izohlar