Toshkentning bir tumani qisman suvsiz qoldi — manzillar
Kapital ta’mirlashdan keyin yarim tunda ta’minot tiklanadi.

7-avgust kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi qisman suvsiz qoladi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.
Kapital ta’mirlangan D-600 mm va D-300 mm diametrli ichimlik suvi quvurlari qayta ulanishi munosabati bilan soat 09:00 dan 00:00 gacha suv o‘chiriladi. Suv ta’minoti to‘xtatiladigan manzillar ro‘yxati:
Ahmad Yugnakiy ko‘chasi:
- ko‘p qavatli uylar — 48 ta;
- maktablar — 3 ta;
- bolalar bog‘chalari — 3 ta;
- sil kasalligini davolash dispanseri;
- Medi Max klinikasi;
- neyroxirurgiya kasalxonasi;
- 5-son tez tibbiy yordam bo‘limi;
- mahalliy qozonxonalar — 5 dona;
- Ahmad Yugnakiy 3/2;
- Ahmad Yugnakiy 3/5.
Humoyun ko‘chasi:
- ko‘p qavatli uylar — 38 ta;
- xususiy uylar — 110 ta;
- maktablar — 1 ta;
- bolalar bog‘chasi — 1 ta;
- mahalliy qozonxonalar — 1 шт;
- geofizik mehmonxona.
Hurdiyor ko‘chasi:
- xususiy uylar — 30 ta;
Boytepa ko‘chasi:
- xususiy uylar — 60 ta
Turkiston ko‘chasi:
- xususiy uylar — 40 ta;
- So‘g‘diyona ko‘chasi;
- xususiy uylar — 6 ta;
- mahalliy qozonxonalar — 1 ta
Geofizika ko‘chasi:
- ko‘p qavatli uylar — 8 ta;
- xususiy uylar — 70 ta;
- bolalar bog‘chasi — 1 ta;
- “Dinamo” sport majmuasi;
- 70-son oilaviy poliklinika;
- DMTT No72;
- mahalliy qozonxonalar — 1 шт;
- geofizika davlat korxonasi.
E’zoz ko‘chasi:
- ko‘p qavatli uylar — 9 ta;
- bolalar bog‘chalari — 1 ta
Nihol ko‘chasi:
- ko‘p qavatli uylar — 2 ta;
- xususiy uylar — 20 ta;
- Ilk qadam ko‘chasi;
- xususiy uylar — 20 ta;
- DMTT №73;
- mahalliy qozonxonalar — 1 ta
“Mahalliy qozonxonalarda ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatilishi munosabati bilan qozonxonalar issiq suv bilan ta’minlaydigan joylarda issiqlik ta’minoti ham to‘xtatiladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentning bir tumanida bir oy davomida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Ayrim mahalliy qozonxonalar ta’mirlanadi.
Izohlar