Toifasiz

Qirg‘iziston prezidenti bolalar va ayollarga qarshi jinoyatlar uchun o‘lim jazosini joriy qilmoqchi

Sadir Japarov muqaddam sudlangan erkak tomonidan zo‘rlangan va o‘ldirilgan 17 yoshli qiz bilan bog‘liq voqeadan so‘ng qonun loyihasi tashabbuskori bo‘ldi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ayollar va bolalarga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ilgari surdi, deb yozadi 24.kg nashri.

Taklif voyaga yetmaganlarni zo‘rlaganlik va ayollarni o‘ldirib zo‘rlaganlik uchun oliy jazo chorasini joriy etishni nazarda tutadi. Davlatimiz rahbari qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Tashabbus 17 yoshli qizning zo‘rlanishi va o‘ldirilishidan keyin paydo bo‘ldi. Qorako‘llik ayol 27-sentyabr kuni bedarak yo‘qolgan. Uning jasadi Jel-Ariq qishlog‘i yaqinida topilgan. Qizni zo‘rlab, bo‘g‘ib o‘ldirishgan. Gumonlanuvchi 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan erkak bo‘lib, Bishkekda qo‘lga olingan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная