Toifasiz

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 70 trln so‘mlik binolar qurildi

Mamlakatda qurilishlar soni ko‘paydi.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 70 trln so‘mlik binolar qurildi

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda 74 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-aprel oylarida mamlakatda 51,6 trln so‘mlik bino va inshootlar qurilgan. Ushbu davrda fuqarolik obyektlari qurilishiga 14,4 trln so‘m sarflangan. Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga eng kam mablag‘ sarflangan – atigi 7,9 trillion so‘m.

Qayd etilishicha, 2024-yilning shu davriga nisbatan mamlakatda qurilish ishlari hajmi sezilarli darajada oshgan. Xususan, bu ko‘rsatkich 10 trillion so‘mdan oshgan.

Avvalroq o‘zbekistonliklarning ko‘chmas mulki bozor qiymatiga yaqinlashtirilishi xabar qilingandi. Butun mamlakat bo‘ylab ommaviy baholash o‘tkaziladi.

Izohlar

Mavzuga oid