Toifasiz

O‘zbekiston va BAA sun’iy intellekt sohasida besh million yetakchini o‘qitadi

Yoshlar uchun sun’iy intellekt sohasida qator tashabbuslar boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berdi va sun’iy intellekt sohasida qator tashabbuslarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari O‘zbekistonni nafaqat zamonaviy texnologiyalar iste’molchisi, balki ularni yaratuvchi, eksport qiluvchi va jahon bozorida muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi mamlakatga aylantirish strategik maqsad ekanini ta’kidladi.

Endilikda yoshlar maktabdan tashqari ham sunʼiy intellekt bilan ishlash koʻnikmalariga oʻrgatiladi. Buning uchun mamlakatning barcha hududlaridagi “Kelajak markazlari”da SI maktab dasturi joriy qilinadi.

Shuningdek, har yili sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovini tashkil etish topshirildi. Uning doirasida 100 nafar iqtidorli mutaxassis BAA, AQSH va Yevropa mamlakatlarining yetakchi texnologiya kompaniyalarida amaliyot o‘taydi. Loyihalarni amalga oshirish uchun 100 mln dollar ajratiladi.

O‘zbekiston BAA bilan birgalikda “Five Million Uzbek AI Prompters” (“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari”) dasturini ishga tushiradi. Prezident uni “Bir million dasturchi” loyihasining “mantiqiy davomi” deb atadi va uning iqtisodiyot drayveri sifatidagi salohiyatini ta’kidladi.

Loyiha doirasida 2030-yilgacha 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi va 100 ming davlat xizmatchisini o‘qitish, shuningdek, maktabdan boshlab barcha darajadagi ta’limga sun’iy intellektni joriy etish rejalashtirilgan. Har yili noyabr oyida O‘zbekistonda “Yoshlar uchun sun’iy intellekt” oyligi o‘tkaziladi.

Avvalroq, kambag‘al oilalar farzandlari maxsus to‘garaklarda chet tili va ATni o‘rganishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Снежана Самойлова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная