Finlyandiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi dasturi e’lon qilindi
Bir qator masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb 29-oktyabrdan 1-noyabrgacha O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Finlyandiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, kimyo, energetika, raqamlashtirish, tog‘-kon sanoati va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratiladi.
Mehnat migratsiyasi, madaniyat sohalarida hamkorlik qilish, ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan ko‘p tomonlama platformalarda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashiladi.
Mavzuga doir: Logistika, savdo, migratsiya: Mirziyoyev Vuchich bilan suhbatlashdi — asosiylar
Izohlar