5 Dekabr 2024, 08:17 Sport

Yaqindagina saylangan Alisher Usmonov FIE’dagi prezidentlik faoliyatini toʻxtatdi

Manbalarga koʻra, u saylangan kunining ertasigayoq oʻz vakolatlarini ixtiyoriy ravishda toʻxtatgani maʼlum qilgan.

Yaqindagina saylangan Alisher Usmonov FIE’dagi prezidentlik faoliyatini toʻxtatdi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov o‘z ixtiyori bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidagi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Usmonov 30-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan tashkilot kongressida FIE rahbari lavozimiga qayta saylangan edi.

FIE Ijroiya qo‘mitasi federatsiyaning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida Alisher Usmonovning FIE prezidenti lavozimini o‘z ixtiyori bilan to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori haqida xabardor qilindi, deyiladi xabarda.

Toshkentda FIE prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda Usmonovning raqibi Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg bo‘ldi. Usmonov 120 ta, Drakenberg 26 ta ovozni qo‘lga kiritdi.

71 yoshli Usmonov nomzodining ushbu lavozimga ilgari surilishi haqida oktyabr oyi oxirida ma’lum bo‘lgan edi. Uni 100 dan ortiq mamlakat qilichbozlik federatsiyalari qo‘llab-quvvatladi.

Usmonov FIE’ni 2008-yildan buyon boshqarib keladi. 2021-yil noyabr oyida u saylovda yagona nomzod bo‘lib, yangi muddatga federatsiya prezidenti etib qayta saylangan edi. 2022-yilning mart oyida Usmonov Yevropa ittifoqi tomonidan unga qarshi joriy qilingan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatdi.

2023-yil mart oyida FIE rossiyalik sportchilarga neytral maqomda musobaqalashishga ruxsat berishga qaror qildi.

Mashhur yangiliklar