
21 Mart 2025, 10:31 •Sport
Toshkentda drift boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi
Musobaqada istalgan kishi ishtirok etishi mumkin.

21-23-mart kunlari Toshkentda drift boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati oʻtkazilishi haqida poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, tadbir Oloy bozori yaqinidagi avtoturargohda boʻlib oʻtadi. Ikki kunlik dastur davomida tomoshabinlar professional haydovchilarning mahorati va unutilmas adrenalinli muhitdan toʻliq bahramand boʻlish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Xususan, 21-22-mart (juma-shanba) kunlari quyidagilar amalga oshiriladi:
- ishtirokchilarni roʻyxatga olish;
- sportchilar uchun yoʻriqnoma;
- texnik va tibbiy koʻrik;
- malaka sinovlari;
- mashgʻulot sessiyalari.
23-mart (yakshanba) kuni ishtirokchilar va tomoshabinlarni kutayotgan tadbirlar:
- chempionatning asosiy musobaqalari;
- mamlakatning eng yaxshi drifterlarining yorqin chiqishlari;
- gʻoliblarni tantanali taqdirlash marosimi.
Tadbirga kirish bepul. Hokimlik poytaxt aholisi va mehmonlarini sportchilarning tomoshabop mahoratidan bahramand boʻlishga taklif etdi.
Soʻnggi yangiliklar

Bokschi Shahram Gʻiyosovning ikki yoshli qizi vafot etdi
22 Mart 2025, 16:53
Toshkentda nazoratsiz qolgan bolaning boshi deraza panjarasiga tiqilib qoldi — video
22 Mart 2025, 12:27
Oʻzbekistonda bir hafta ichida dollar kursi pasaydi
22 Mart 2025, 10:30
Malayziya Oʻzbekiston bilan dronlardan foydalanish xizmatlarini yoʻlga qoʻyishni istamoqda
22 Mart 2025, 09:58
Akmal Shukurov Qozog‘istondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
21 Mart 2025, 16:43
O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shilmoqda
21 Mart 2025, 14:59
Boks 2028-yilda Los-Anjelesda oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritiladi
21 Mart 2025, 12:51
Toshkentda drift boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi
21 Mart 2025, 10:31