9 Sentabr 2024, 15:21 Sport, Oʻzbekiston

Toshkent mahalliy aeroporti orqali amalga oshiriladigan ayrim reyslar xalqaro terminalga oʻtkaziladi

9-sentyabr kuni Toshkent mahalliy aeroporti orqali amalga oshiriladigan ayrim reyslar xalqaro terminalga oʻtkaziladi.

Toshkent mahalliy aeroporti orqali amalga oshiriladigan ayrim reyslar xalqaro terminalga oʻtkaziladi

9-sentyabr kuni Toshkent aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida O‘zbekiston Paralimpiya jamoasini tantanali kutib olish marosimi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Uzbekistan Airports AJ quyidagi reyslar Toshkent aeroportining xalqaro terminali orqali amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:

Ketish:

  • Toshkent — Urganch yo‘nalishida Silk Avia US903 parvozi soat 18:00 da uchadi.
  • Toshkent — Buxoro yo‘nalishida Silk Avia US801 parvozi soat 18:25 da uchadi.
  • Toshkent — Termiz yo‘nalishida Silk Avia US753 parvozi soat 19:05 da uchadi.
  • Toshkent — Urganch yo‘nalishida Uzbekistan Airways HY57 parvozi soat 20:25 da uchadi.

Kelish:

  • Nukus — Toshkent yo‘nalishida Uzbekistan Airways HY20 parvozi soat 17:20 da yetib keladi.
  • Namangan — Toshkent yo‘nalishida Silk Avia US502 parvozi soat 17:20 da yetib keladi.
  • Buxoro — Toshkent yo‘nalishida Silk Avia US806 parvozi soat 18:20 da yetib keladi.
  • Qo‘qon — Toshkent yo‘nalishida Silk Avia US456 parvozi soat 18:55 da yetib keladi.

Mashhur yangiliklar